AQSh fuqarosi Olmaota aeroporti politsiyasini haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi

Jamiyat 21:18 / 13.06.2016 6253

Olmaotaning Turksib tumani sudi AQSh fuqarosi Chan Rikini hukumat kuchlariga bo‘ysunmaslikda aybdor deb topdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi. 

"Sud hukmi bilan Chan Riki Qozog‘iston Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilgan jinoiy harakatni amalga oshirishda aybdor deb topildi, unga 25 ta minimal ish haqi miqdorida 53 025 tenge (334 dollar) jarima belgilandi", deb ma'lum qilindi sudda.

Ma'lum qilinishicha, 22 aprelda Air Astana aviakompaniyasi agenti unga tegajoqlik qilayotgan va so‘kinayotgan 28 yoshli nyu-yorklikka chora ko‘rish iltimosi bilan politsiyaga murojaat qilgan. Keyinroq amerikalik navbatchi qismga o‘tishdan bosh tortgan va politsiyachini haqoratlagan. Natijada u qismga majburiy ravishda yetkazilgan.

Ko‘proq yangiliklar: