“Ziyo chashmasi” radioeshittirishida: “Said Vaqqos ota” masjidi imom-xatibi Fozil Ubaydullayev riyoning zararlari xususida

Jamiyat 16:23 / 12.06.2016 10476

Toshkent islom universiteti “Ziyo” studiyasi tomonidan Ramazon oyi mobaynida “Oriyat dono” radiokanali orqali “Ziyo chashmasi” radiodasturi efirga berib borilmoqda. 
Ziyo studiyasining bu galgi eshittirishida “Riyodan saqlanaylik” mavzuda so‘z borib, unda Toshkent shahar “Said Vaqqos ota” masjidi imom-xatibi Fozil Ubaydullayev salbiy illatlardan biri bo‘lmish riyoning zararlari xususida so‘z yuritadilar.
Dasturni 12 iyun kuni tonggi soat 03:30 da hamda kechgi soat 19:30 da tinglashingiz mumkin.

“Ziyo” ko‘rsatuvida: Hasadning yoqimsiz hususiyatlari va unga berilgan insonning ne ko‘ylarga tushishi haqida...

Dunyoda shunday bog‘ borki, u mehr-muhabbatni voyaga yetkazadi, yer yuzida ezguliklarni bunyod etadi. Inson hayotining asosi, imon-e'tiqod maskani-  udir. Dunyoning obodligi, hayotning nurafshonligi ham u bilan. Jumlai olam u tufayli bir butun beshak. Ha! Odamzodni bir-biriga yaqin qiladigan bu mo‘'jaz gulshan qalb. Uni hamisha pok saqlash, yaxshilik, odamiylik tafti ila yuksaltirish lozim.

Dinimizning muqaddas manbalari bo‘lmish Qur'oni karimning ko‘plab oyatlari, Payg‘ambarimiz alayhissalomning muborak hadislarida insonlarning yutug‘ini ko‘ra olmaslik, baxillik, hasad eng yomon illatlardan ekanligi ta'kidlanib, inson o‘z qalbini bunday ofatlardan omon saqlashga chorlanadi.

Nabiy sallallohu alayhi vasallam hadisi shariflarning birida ogohlik haqda nima deganlar? 

Hasadning eng yoqimsiz hususiyatlari va unga berilgan insonning oqibatda ne ko‘ylarga tushishi haqida...

Muborak Ramazon oyining xosiyatlari va insonning amal qilishi lozim bo‘lgan go‘zal hususiyatlari, amallari to‘g‘risida...  

Bularning barini  “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali efirga uzatiladigan Ziyo ko‘rsatuvining “Hasad – savoblar kushandasi” mavzusi orqali tomosha qiling.   

Ko‘rsatuv 12 iyun kuni tonggi soat 02-40 da hamda kechgi 18-40 vaqti bilan efirga uzatilib, unda bir necha mehmonlar ishtirok etilishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: