Zamonaviy Toshkent – barcha qiziqayotgan Hyatt Hotels Corporation mehmonxonasi

O‘zbekiston 11:31 / 12.06.2016 29689

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonga xorijlik sayyohlar katta qiziqish bilan qaramoqda. Xorijliklarning yurtimizga qiziqishi tarixiy yodgorliklarning ko‘pligi, go‘zal tabiati, noyob madaniyati bilan bog‘liq. Bugungi kunda O‘zbekistonda sayyohlik sanoati rivojlanishi yo‘lida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda yangidan yangi sayyohlik yo‘nalishlari ochilmoqda. Kurort hududlarida esa dam olish uchun servis va xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanmoqda. Ekspertlarning aytishicha, har bir shaharda boy sayyohlik imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda. Bu yo‘nalishda poytaxt Toshkentda olamshumul ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ishbilarmon sayyohlarning kelishi oshib bormoqda. Mehmonxonalarda esa turli xalqaro anjumanlar o‘tkazilmoqda. Tahlilchilar xalqaro anjumanlar o‘tkazilishi jihatidan Toshkent jahonda yetakchi shaharlar orasidan o‘rin egallashini aytishadi.

Turistik sanoatning rivojida mehmonxonalarning o‘rni katta. Mehmonxonalar tarmog‘ida so‘nggi yillarda olamshumul o‘zgarishlar amalga oshdi. Mustaqillik yillarida xorijiy sayyohlarga oliy darajada xizmat ko‘rsatishga qodir o‘nlab yangi mehmonxonalar ochildi. Ayrim mehmonxonalar esa tubdan ta'mirlandi. Ayni damda Toshkentda 40 dan ortiq mehmonxona bor. Ularning ko‘pchiligi “to‘rt” va “besh” yulduzli mehmonxonalar sirasiga kiradi.

Bugun Toshkentda xalqaro operatorlar boshqaruvida bo‘lgan yettita mehmonxona faoliyat yuritmoqda. Tez kunlarda Navoiy ko‘chasida “Hyatt Regency Tashkent” yangi mehmonxonasi ishga tushadi.
Mehmonxona “City Palace” (sobiq Sheraton) mehmonxonasi, A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, “Poytaxt” biznes markazi qatorida joylashgan hamda me'moriy jihatdan mazkur binolar bilan uyg‘unlashgan bo‘lib, shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk bo‘lib tushadi.

Qiymati 113 million dollar deb belgilangan oliy kategoriyali mehmonxonada 294 nomer bo‘ladi. Hyatt Hotels Corporation – xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i bo‘lib, jahonning 44ta mamlakatida 460 dan ortiq otel va kurortlarga ega. Kompaniya filiallari Hyatt®, Park Hyatt®, Andaz®, Grand Hyatt®, Hyatt Regency®, Hyatt Place®, Hyatt Summerfield Suites™ va Hyatt House brendlari asosida faoliyat yuritadi.

“Hyatt Regency” barcha mehmonlarga - ular oddiy sayyoh bo‘ladimi, ishbilarmon doiralarning vakillari bo‘ladimi, dam oluvchilar bo‘ladimi, qandaydir tantana ishtirokchilari bo‘ladimi – barcha-barchaga a'lo darajada xizmat ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygani aniq.

Sharofiddin To‘laganov

Ko‘proq yangiliklar: