Apple Pay hozircha katta mashhurlikka erishmagan bo‘lsa-da, biroq chet eldagi ba'zi do‘konlarda xaridlarni amalga oshirish uchun qo‘llanilmoqda. Yangi taxminlarga ko‘ra, kelasi hafta WWDC 2016 anjumani doirasida Apple kompaniyasi veb-saytlar uchun Apple Pay tizimini namoyish etishi mumkin.
Endilikda Touch ID orqali autentifikatsiya qilish yordamida saytlarda sotib olish imkoniyati berilishi mumkin. Shuningdek, Apple SMS orqali ikki bosqichli autentifikatsiyani yo‘lga qo‘yishi ham kutilmoqda.
Veb-saytlar uchun Apple Pay qo‘shimcha uskunalar o‘rnatishni talab qilmaydi. Shu sababli yangi texnologiyaning joriy qilinishi ko‘p vaqtni talab etmaydi. Hozircha batafsil ma'lumotlarni olish uchun 13 iyun kuni o‘tkaziladigan WWDC anjumanini kutish kerak.