Dunyodagi eng yirik supermarketlar tarmog‘i Walmart Kanadada VISA plastik kartalarini qabul qilishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, tarmoqning bu qaroriga tranzaksiyalar o‘tkazishda to‘lov operatorlariga to‘lanadigan komissiyaning oshirilgani sabab bo‘ldi. Walmart vakillari bu vaziyat hal bo‘lishiga umid bildirishdi va VISA bilan muzokaralar o‘tkazib, muammoning umumiy yechimini topishmoqchi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, tarmoqning boshqa bo‘limlari, shu jumladan AQShdagi bo‘limlari VISA bilan avvalgi shartlar bo‘yicha ishlashni davom ettirmoqda.
Mart oyida MasterCard to‘lov tizimi 1 maydan boshqa banklarning bankomatlarida naqd pul yechishga banklararo komissiyani tranzaksiya miqdoridan 0,5 foizdan 0,45 foizgacha tushirishi ma'lum qilingandi.