Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Margot Vallstremning bildirishicha, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishi "YeIning tanazzuliga olib kelishi mumkin".
Vallstremning so‘zlariga ko‘ra, agar Brexit tarafdorlari Buyuk Britaniyadagi referendumda g‘alabaga erishsa, "domino effekti"ni eslatuvchi jarayon boshlanadi.
O‘z navbatida vazirning fikricha, Britaniya YeIda qoladigan bo‘lsa, tashkilot tarkibidagi boshqa mamlakatlar ham britaniyaliklar ega bo‘ladigan imtiyozlarniga ega bo‘lishni istay boshlashi mumkin.
Bundan oldinroq, YouGov kompaniyasi tadqiqotlariga ko‘ra, britaniyaliklarning 43 foizi mamlakatning YeIdan chiqishini istayotgani aniqlangandi.
Brexit bo‘yicha referendum 23 iyun kuni o‘tkaziladi.