Saudiya Arabistonida suriyaliklar uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali xayriya yig‘ish qamalishga sabab bo‘ladi

Jamiyat 11:32 / 12.06.2016 6361

Saudiya Arabistoni xavfsizlik kuchlari suriyaliklar uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali rasmiy ruxsatnomasiz xayriya mablag‘lari yig‘ishni taqiqladi. Bu haqda shanba kuni qirollik ichki ishlar vakili general Mansur at-Turkiyaga asoslanib mahalliy nashrlarda xabar tarqatildi.

Xabarda aytilishicha, "taqiqqa qarmasdan suriyalik birodarlar uchun mobil telefonlar vositasida xayriya mablag‘lari yig‘ish qamalishga olib keladi".

Bundan tashqari, mamlakatdagi xorijliklar bunday qoidabuzarlik uchun mamlakatdan chiqarib yuborilishi belgilangan.

At-Turkiyaning aytishicha, suriyaliklar uchun bu usulda xayriya mablag‘lari yig‘ish mamlakatda o‘rnatilgan terrorizm va uni moliyalashtirish tizimiga qarshi kurash tartiblariga zid hisoblanadi.

Tavsiya qilinishicha, Ramazon oyida muhtoj musulmonlar uchun xayriya qilmoqchi bo‘lganlar o‘z xayriyalarini qirol Salmon nomidagi xorijdagi musulmonlar uchun insonparvarlik yordamlari yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan markazga topshirishlari mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: