Shanxaydagi xalqaro aeroportda portlash bo‘ldi

Jahon 13:38 / 12.06.2016 5823

Xitoy ommaviy axborot vositalari Shanxaydagi “Pudun” xalqaro aeroportida portlash sodir bo‘lganligi haqida xabar bermoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bir kishi jabrlangan.

Xitoy markaziy televideniyesining (CCTV) xabar berishicha, voqea T2 terminalida mahalliy vaqt bilan 14:42 (Toshkent vaqti bilan 11:42)da yuz bergan.
Portlash haqida “Sinxua” agentligi ham xabar bergan. Hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berilmagan, tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: