Rossiyada 300 nafar bo‘lajak tankchi 300 tonna tosh ko‘tarib, rekord o‘rnatdi

Jamiyat 14:43 / 12.06.2016 7127

Omsk tank muhandislik institutining 300 nafar kursanti shahardagi Sobor maydonida 300 tonnalik toshni ko‘tarib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirishdi. Ular bu ishlarini Rossiya kuni va Omskning 300 yilligiga bag‘ishlashgan.

“Natija Ginnes rekordlari kitobining Rossiyadagi vakili guvohligida amalga oshirildi, - dedi tosh ko‘tarish sporti bo‘yicha Umumrossiya hakami Vladimir Kozlenko.

- Shuningdek, maxsus texnika yordamida tosh ko‘tarish rekordi ham o‘rnatilgan”.

Rossiya, Armaniston, Iordaniya, Mozambik, Mongoliya, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolaridan iborat kursantlar ushbu natijaga erishish uchun bir oy tayyorgarlik ko‘rishgan.

Yaqin kunlarda rekordni hujjatga tushirish rasmiylashtiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: