Pike: «MYu»daligimda asosiy tarkib futbolchilari menga nisbatan hayvonlarcha muomilada bo‘lishgan

Sport 12:29 / 12.06.2016 6421

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Xerard Pike turli jamoalarda yosh futbolchilarga ko‘rsatiladigan munosabatlarni taqqosladi. 

«Ispaniya terma jamoasiga yosh futbolchilarning qo‘shilib ketishi juda oson bo‘lmoqda. Hozir avvalgidan ancha yaxshiroq. Qachonki men 17 yoshdaligimda (2004 yili - tahrir - Tribuna.uz) «Manchester Yunayted»ning asosiy tarkibiga kirishga uringanman, bu juda ham qiyin bo‘lgandi. «MYu»ning asosiy tarkib futbolchilari juda yomon tutishgan, xuddi hayvonlarcha.

Hozirgi kunda sen hazil qilishga hadding sig‘sa, darhol jazolanasan. Men bir safar Deulofeu jamoaga endi kelgan vaqtida, u tushlik mahali o‘tirmoqchi bo‘lgan stulni tortib qo‘ygandim va Xerard yiqilib tushgandi. Menga o‘shanda xayfsan e'lon qilishgan.

«Manchester Yunayted»da esa bunday voqealar deyarli har kuni ro‘y berardi», – deya Pikening so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

Pike «Manchester Yunayted» safida 2004 yildan 2008 yilgacha bo‘lga va mankunianliklar jamoasi safida jami 12 uchrashuvda maydonga tushgan, keyin «Barselona»ga transfer qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: