Orlandoda ommaviy qotillik sodir etgan jinoyatchi Omar Matinning otasi Sodiq Matin o‘g‘lining qilmishi uchun NBC efirida kechirim so‘radi.
Orlandodagi tungli klubda sodir etilgan otishmada 50 kishi halok bo‘ldi, 53 kishi yaralandi. Jinoyatchi politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan. Politsiya bosqinchining nomini rasman aytmagan, biroq ko‘plab OAVlar gap AQSh fuqarosi Omar Matin haqida ketayotganini ma'lum qilgan.
"Biz ushbu noxush voqea uchun uzr aytmoqchimiz. Biz u ko‘rgan qandaydir harakatlar haqida bilmaymiz. Biz ham butun mamlakat kabi karaxt holdamiz", deb aytdi Sodiq Matin.
Uning aytishicha, yuz bergan voqea "din bilan hech qanday aloqaga ega emas".