OAV: IShID jangarilari Liviyada Milliy kelishuv hukumatiga qarshi uch terakt sodir etdi

Jahon 19:40 / 12.06.2016 4784

IShID jangarilari 12 iyul kuni Liviyaning Milliy kelishuv hukumatiga qarshi Sirt shahrida uchta terakt sodir etdi. Bu haqda France Presse agentligi xabar bermoqda.

“Uch nafar terrorchi-xudkush Sirtda portlovchi moddalar bor avtomobilni portlatib yubordi. Hujumlarning bari bizning bo‘limimizga qaratilgan edi”, - dedi agentlikka harbiy operatsiya matbuot xixmati vakili polkovnik Reda Issa. – Birinchi hujum hukumat kuchlari joylashgan joydan bir necha metr uzoqlikda bo‘ldi”.

Ikkinchi hujum, agentlikning ma'lum qilishicha, bo‘limning shahar g‘arbida joylashgan qismiga qaratilgan. Uchinchi hujum esa shaharda joylashgan harbiy shifoxonaga qaratilgan.

“Askarlarimiz orasida qurbonlar bor”, - qo‘shimcha qildi Issa.

Ko‘proq yangiliklar: