MRB boshlig‘i: 11 sentabrdagi terakt bo‘yicha hisobot Saudiya Arabistonining teraktlarga aloqador emasligini isbotlaydi

Jahon 08:09 / 12.06.2016 4766

AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig‘i Jon Brennan 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlar bo‘yicha 28 sahifalik hisobotning chop etilishi Saudiya Arabistonining teraktlarga aloqador emasligini isbotlaydi, degan fikrni bildirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

"Men bu hujjatlarning chop etilishini qo‘llab-quvvatlayman, ular Saudiya Arabistoni hukumati 2001 yilda AQShga qilingan teraktlar bilan hech qanday umumiylikka ega emasligini isbotlaydi", deb aytdi Brennan. 

AQSh hukumati 2002 yilda tuzilgan 11 sentabrdagi teraktlar bo‘yicha hisobotning oshkor qilinishi masalasini qo‘rib chiqmoqda. Brennanning fikricha, bu hujjatlarning chop etilishi 2001 yildagi teraktlarda jabrlangan amerikaliklarga Saudiya Arabistoni hukumatiga qarshi da'vo arizasi berish borasidagi bahsga oydinlik kiritadi.

May oyi o‘rtasida AQSh senati 11 sentabrdagi teraktlarda jabrlanganlarga teraktlarga go‘yoki aloqador bo‘lgan Saudiya Arabistoni hukumatiga qarshi da'vo arizasi berish huquqini beruvchi qonun loyihasini qabul qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: