"Mistral" vertolyot tashuvchi kemalaridan birinchisi Fransiyadan Misrga yo‘l oldi

Jahon 19:28 / 12.06.2016 4528

"Mistral" vertolyot tashuvchi kemalaridan birinchisi 12 iyun ertalab Fransiyaning Sen-Nazeridagi verfni tark etdi va Misrning Iskandariya portiga yo‘l oldi.

Kema Misrga 2 iyunda topshirilgan. Dastavval Rossiya uchun qurilgan kema nomi "Vladivostok"dan Gamal Abdel Nasser nomiga o‘zgartirildi.

Kemalarni qurgan DCNS korporatsiyasi Iskandariyaga kelishdan avval Misr va Fransiya harbiy-dengiz kuchlarining birgalikdagi mashg‘ulotlarida ishtirok etadi.

Rossiya Fransiyaga kemalarga 2011 yilda buyurtma bergan edi, biroq 2014 yilda Parij Ukrainadagi vaziyat tufayli ularni Rossiyaga berishdan bosh tortgan. 2015 yilda Rossiya va Fransiya prezidentlari kemalarni qurish va yetkazib berish bo‘yicha shartnomani bekor qilish va Rossiyaga to‘langan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha qaror qabul qilishgan.

Ko‘proq yangiliklar: