Milan shahridagi turar joy binolaridan biri qulab tushishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda mahalliy qutqaruv xizmatidagilarga asoslangan holda Corriere.it xabar tarqatgan.
Aniqlik kiritilishicha, yana 2 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisa maishiy gaz portlashi oqibatida ro‘y bergan.