Meksikada benzovoz va yo‘l tanlamas to‘qnashuvi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Jahon 12:05 / 12.06.2016 7725

Meksika g‘arbida joylashgan Michoakan shtatida 11 iyul tunda benzovoz va yo‘l tanlamas yuzma-yuz to‘qnashib ketdi. Mahalliy qutqaruv xizmati vakillarining ma'lum qilishlaricha, avtohalokat oqibatida halok bo‘lganlar soni sakkiz nafarni tashkil etadi. Qurbonlar orasida uch nafar yosh bola ham bo‘lgan va ularning barchasi yengil mashina salonida bo‘lishgan. Yetti nafari voqea joyining o‘zida halok bo‘lgan, bir kishi esa Uruapan shahrida shifoxonada vafot etgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ma'lum qilishicha, fojiaga sabab benzovozning tormozi ishlamay qolishi bo‘lgan. U yo‘l tanlamas bilan to‘qnashib ketgach, yo‘ldan chiqib ketgan va bir ozdan so‘ng yona boshlagan. Yuk mashinasi haydovchisi voqea joyidan yashiringan. U qidiruvga berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: