Marseldagi tartibsizliklar tufayli jabrlanganlar soni o‘smoqda

Sport 13:55 / 12.06.2016 4504

Marsel shahrida 11 iyun kuni angliyalik, rossiyalik va mahalliy ishqibozlar ishtirokida ro‘y bergan qator tartibsizliklar oqibatida jarohatlanganlar soni oshib, ayni vaqtda 35 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Fransiyadagi La Provence nashriga asoslanib, Tribuna.uz xabar bergan.

Ayni vaqtda shifoxonadagi 4 kishining ahvoli og‘ir ekani aytilgan. Ahvoli yaxshilanganlarga javob berilgan.

Dastlabki xabarlarda mushtlashuvlar vaqtida jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilganlar soni 31 nafar ekani aytilgandi.

Shu kuni Rossiya va Angliya terma jamoalari ishtirokidagi uchrashuv yakunlanganidan keyin ham tribunalarda ikki terma jamoalari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi.

Shanba kungi tartibsizliklarni bartaraf etish uchun politsiya ko‘zdan yoz sizdiruvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: