Angliya terma jamoasi hujumchisi Garri Keyn Yevro-2016’ning guruh bosqichidagi Rossiyaga qarshi uchrashuv natijasiga izoh berdi. Eslatib o‘tamiz, 11 iyunda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Rossiyaliklar yutqazilayotgani o‘yinni Vasiliy Berezutskiy goli evaziga durang natija bilan yakunlay olishdi.
"Biz juda yaxshi o‘ynadik. Rossiyani 3:0, 4:0 hisobida yutishimiz mumkin edi. Afsuski, o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Va buning uchun qatat haq to‘ladik. Juda alamli, chunki Angliya yutishga loyiq edi. Uels bilan ham shunday o‘ynaymiz. Albatta, o‘yin oxiridagi ahmoqona xatoni inobatga olmasa", deb aytdi Keyn.