Iroq politsiyasi boshlig‘i: Al-Falluja markazi 3 kundan keyin shturm qilinadi

Jahon 10:30 / 12.06.2016 3603

Iroq federal politsiyasi kuchlari qo‘mondoni Raid Shokir Javdat xavfsizlik kuchlari Iroqning Al-Falluja markazini 2-3 kun ichida shturm qilishni boshlashi kerakligini aytdi. Bu haqda Sputnik axborot agentligi xabar bermoqda.

"Keyingi 2-3 kun ichida "Al-Xashd ash-Sha'biy" (shialar ko‘ngilli harbiylashgan tuzilmasi) va xavfsizlik kuchlari Al-Falluja markazini, uning atrofidagi hududni ozod qilgandan keyin shturm qilishni boshlaydi", deb aniqlik kiritdi Javdat.   

Uning aytishicha, ayni vaqtda maydoni minglab kilometrni tashqil qiladigan ozod qilingan yerlar va hududlar Bag‘doddagi operatsiyalar qo‘mondonligiga topshirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: