Gretsiya Yevropa chempionatida albanlar genotsidi haqidagi bannerning paydo bo‘lishiga tushuntirish berishni talab qildi

Jahon 06:45 / 12.06.2016 6242

Gretsiya Yevropa chempionatining guruh bosqichida Albaniya-Shveytsariya uchrashuvida  albanlar genotsidi haqidagi ig‘vogar bannerning paydo bo‘lishi yuzasidan qat'iy norozilik bildirdi va UYeFA hamda Fransiyadan chempionat tashkilotchilari sifatida tushuntirish berishni talab qildi. Bu haqda Gretsiya tashqi ishlar vazirligi vakili Evstratios Eftimiu ma'lum qildi.  

11 iyunda albaniyalik muxlislar Gretsiya "Tsamuriyada 100 ming albanning genotsidida" ayblangan bannerni namoyish qilishdi.

Gretsiya shimolidagi bu viloyat aholisi islom diniga o‘tgan nasroniylar bo‘lib, ular musulmon albanlar deb ataladi. Ular Ikkinchi jahon urushida fashistlar bilan hamkorlik qilgan, o‘z batalonlarini tashkil qilib, vahshiyliklar qilgan hamda urushdan keyin qochishga majbur bo‘lgan. Ularning mol-mulki sud qarori bilan musodara qilingan.

Hozirda Albaniya ushbu holat yuzasidan Gretsiyaga hududiy va mulkiy e'tirozlar bildirmoqda va tsamidlarning genotsidida ayblab, "Tsamuriya muammosini hal qilishni" talab qilmoqda. Afinada nemis fashistlarining sheriklari sud tomonidan qoralangani aytilib, bu muammo borligi tan olinmaydi.

"Ig‘vogar bannerning Albaniya-Shveytsariya uchrashuvida paydo bo‘lishi o‘zidan surbetlarcha aksiyani namoyon qiladi. Bu ig‘vo ig‘vogar mazmundagi shiorlar yozilgan bannerlar paydo bo‘lmasligi uchun javobgar bo‘lgan UYeFA qoidasini buzadi va tashkilot aybdorlarni jazolash bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rishi lozim", deb aytdi Eftimiu.

"Gretsiya hukumati UYeFA va fransiyalik tashkilotchilarga kuchaytirilgan xavfsizlik choralariga qaramasdan, ular bunday bannerning paydo bo‘lishining oldini ololmaganlari bo‘yicha qat'iy arznoma tayyorlamoqda va tushuntirish kutib qoladi. Bunday arznoma alban hukumatiga ham bildiriladi, biz ulardan bunday ig‘vogar harakatlarning qoralanishini kutib qolamiz", deb aytdi Eftimiu.

Uning aytishicha, bu ig‘vogar harakatlar Gretsiya va Albaniyaning yaqinlashishi va Albaniya tashqi ishlar vazirligi tomonidan "Tsamuriya muammosi" yo‘qligi rasman tan olinganidan norozi bo‘layotgan doiralar tomonidan amalga oshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: