Futbol bo‘yicha Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fotih Terim Yevro-2016’da Xorvatiyaga qarshi uchrashuv oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz uchun guruhdan chiqish muhimdir. Agar bu yuz bersa, unda biz jiddiyroq narsaga da'vogarlik qilamiz. Xorvatiya yuqori sinfdagi futbolchilarga ega nufuzli jamoa, ularga katta hurmat bilan qaraymiz.
Yosh Emre Mor – nodir futbolchi. Men uni milliy jamoaga taklif qildim va o‘ylaymanki, to‘g‘ri qaror qabul qildim. Undan jahon miqyosidagi futbolchi yetishib chiqadi. Biroq u o‘yinga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni o‘rganishi lozim.
Arda To‘ron klubda ko‘proq o‘ynashini istardik. Biroq u hattoki umuman o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaganda ham doimo Turkiya safida o‘ynardi. U klubda qancha o‘ynashiga qaramasdan, Arda jamoamizning eng muhim futbolchisi bo‘lib qoladi", deb aytdi Terim.