Finlyandiyaning sobiq bosh vaziri Matti Vanxanen 2018 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovda mamlakat prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yadi.
Vanxanenni rasmiy nomzod sifatida qayd etish qarori Seynyayoki shahrida o‘tkazilgan Finlyandiya markazi partiyasining kongressida qabul qilindi.
Vaxanen qayd etishicha, Finlyandiya "unga yaqin hududlarda barqarorlikni yaratuvchi realistik tashqi siyosat va xavfsizlik siyosatini olib borishi zarur", deb xabar qiladi Yle telekompaniyasi.
U Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlamaydi. "Men NATOga qo‘shilish uchun ariza topshirishni ma'qullamayman. Biz shunday yo‘nalishda ishlashimiz kerakki, janub (Yevropa)dagi geopolitik balans Finlyandiya va Shvetsiya harbiy bloklardan tashqarida qolishini ta'minlab berishi kerak. Bu o‘z qo‘limizda turgan barqarorlikni mustahkamlash manbaidir", - deya qayd etadi Vanxanen.
Matti Vanxanen Finlyandiya bosh vaziri va Finlyandiya markazi partiyasining raisi lavozimlarida 2003 yildan 2010 yilgacha ishlab kelgan.