Rossiya terma jamoasi Yevropa chempionatining guruh bosqich doirasidagi ilk uchrashuvini Angliyaga qarshi o‘tkazdi. Marsel shahridagi «Velodrom» stadionida kechgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Rossiyaliklar birinchi bo‘limda to‘liq himoyalanishdi. «Sherlar» esa tinimsiz hujumlar uyushtirdi, lekin Igor Akinfeyev bir necha marta jamoasini saqlab qoldi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Rossiya xavfli vaziyatlar yaratdi lekin bu vaziyatlar golga aylanmadi.
72 daqiqada Georgiy SHCHennikovning qoida buzishidan keyin belgilangan jarima zarbasini Erik Dayyer golga aylantirdi.
O‘yin inglizlar g‘alabasi tomon ketayotgan pallada Vasiliy Berezutskiy o‘zini ko‘rsatdi va boshi bilan to‘pni darvozaning o‘zidan olisdagi burchagiga joylab qo‘ydi 1:1.
Ayni vaqtda V guruhida Uels terma jamoasi 3 ochko bilan peshqadam. Rossiya va Angliya bittadan ochkoga ega. Slovakiya oxirgi o‘rinda.
Angliya – Rossiya – 1:1
Gollar: Dayyer, 73 (1:0); V. Berezutskiy, 90+2 (1:1).
Ogohlantirishlar: Kexill, 62 – SHCHennikov, 72.