Angliya terma jamoasining Marsel shahri ko‘chalarida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar vaqtida og‘ir jarohat olgan 2 nafar muxlisidan birining jarohati tafsifi keltirildi. BFM TV ma'lumotiga asoslanib, Tribuna.uz sayti xabar berdi.
Yevro-2016 doirasida Angliya – Rossiya uchrashuvidan oldin Marselda bo‘lib o‘tgan ingliz, fransuz va rus guruhlari ishtirokidagi to‘qnashuvlar vaqtida jarohat olib, behush holatda shifoxonaga olib ketilgan bu muxlis o‘lim yoqasida qolmoqda.
Uning boshiga tartibsizliklar vaqtida armatura bilan urilgan.
«Unda infarkt yuz bergan, u shifoxonada reanimatsiya xonasiga yotqazilgan, uning hayoti xavf ostida. Bu shaxs omon qolishi dargumon», – degan Bush-dyu-Ron departamenti politsiyasi vakili Loran Nunes.
Marsel shahrida 11 iyun kuni sodir bo‘lgan to‘polonlar vaqtida jami 31 kishi jarohatlangan, ulardan 4 nafarining jarohati jiddiy. Shuningdek, 3 nafar politsiyachi yengil darajada shikastlangan.