Eron TIV: yadro kelishuvi G‘arbning mamlakatga nisbatan dushmanlik kayfiyati yo‘qolganidan dalolat bermaydi

Jahon 19:44 / 12.06.2016 4459

Yadro kelishuvi G‘arbning Eron Islom Respublikasiga nisbatan dushmanlik kayfiyati yo‘qolganidan dalolat bermaydi. Bu haqda 12 iyul kuni Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kelishuv Erondan nafaqat sanksiyalar bosimini olib tashladi, balki G‘arbning doimiy xavfini ham yo‘qotdi. “Ammo bu chetdan qaraganda, hammasi joyidagidek ko‘rinuvchi holat G‘arbning Eronga nisbatan dushmanlik kayfiyatini yo‘qolganidan dalolat bermaydi”, - dedi u.

U mamlakat parlamentida chiqish qilar ekan, Eron uchun atom kelishuvi ham muhim ahamiyat kasb etishi haqida gapirib o‘tgan. 

“O‘tgan yil biror-bir oy Eronga bosim o‘tkazilmasi o‘tgani yo‘q. Mamlakatga nisbatan yangidan-yangi chora-tadbirlar qo‘llanildi. Agar xammasi shunday ketganida mamlakatning neft eksporti tushib ketgan bo‘lar edi”, - degan Muhammad Javod Zarif.

Ko‘proq yangiliklar: