WikiLeaks portali asoschisi Julian Assanj sayt Xillari Klinton AQSh Davlat kotibi bo‘lganda olgan va jo‘natgan elektron xatlarining yana bir seriyasini chop etishini aytdi.
"Bizda Xillari Klintonning sizib chiqib ketgan elektron xatlari bor, ular chop etilishni kutmoqda", deb Assanjning so‘zlarini keltirib o‘tdi Guardian nashri. Assanj qachon va qancha xatni chop etishi borasida aniqlik kiritmagan.
Gazetaning ta'kidlashicha, WikiLeaks ma'lumotlari Klintonning harakatlarini ommaviy ravishda tanqil qiluvchi Donald Tramp uchun navbatdagi marta qo‘l kelishi mumkin. Uning fikricha, Klinton bu xatti-harakatlari uchun javob berishi kerak.
Ayni vaqtda Federal qidiruvlar byurosi Klintonga nisbatan tergov olib bormoqda. Jumladan, FQB Klinton maxfiy ma'lumotlarni jo‘natish uchun xususiy elektron pochtasidan foydalanganda federal qonunni buzgan-buzmaganligini o‘rnatmoqda.
Klinton AQSh Davlat kotibi bo‘lgan 2009-2013 yillardagi maktublari Wikileaks tufayli oshkor bo‘lgan. Klintonning pochtasini Marsel Lexel Lazar ismli xaker ochgan.