Yaponiyalik meteorologlar 30 yil ichida birinchi marta samolyotdan to‘fonlarni kuzatishni boshlashadi, bu esa ularga kuchli siklonlarning trayektoriyasini aniq aniqlashga imkon beradi.
NHK telekanali ma'lum qilishicha, ayni vaqtda to‘fonlar sun'iy yo‘ldosh yordamida kuzatilmoqda. Ular yordamida mutaxassislar to‘fon ichidagi shamol tezligi va atmosfera bosimini aniqlashlari hamda siklon kuchining surilishi trayektoriyasini oldindan eta olishlari mumkin. Biroq, zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishiga qaramasdan, kuchli to‘fonlar uchun prognoz tuzish hanuzgacha murakkablik tug‘diradi.
Bu vazifani bajarish uchun Nagoya universiteti, Ryukyu orollari universiteti va Meteorologik tadqiqot instituti olimlari guruhi 2017 yildan maxsus samolyot bortidan siklonlarni monitoring qilishni boshlaydi. Oxirgi bunday tajriba Yaponiyada 1987 yilda AQSh ko‘magida o‘tkazilgandi.
Faraz qilinishicha, to‘fonlarni kuzatish vaqtida mutaxassislar bo‘lgan samolyot siklonga maksimal darajada yaqinlashadi. Bundan keyin to‘fon hududiga maxsus radiozond tashlanadi, u olimlarga shamol tezligi va yo‘nalishi, turli balandliklardagi harorat va namlik haqidagi ko‘rsatkichlarni uzatadi.
Kutilishicha, samolyotdan siklonlarni kuzatish bo‘yicha tajriba 2020 yilgacha davom etadi.
Ma'lumot uchun, tropik bo‘ron uning harakatlanishiga hamrohlik qiluvchi shamol tezligi 62 km/soatdan oshsa nomlanadi. Tsiklonlardan ko‘riladigan zarar va ularning darajasi Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha 5 darajaga ega. Shamol tezligi 119 km/soatdan ko‘proq bo‘lsa, 1-toifadagi to‘fon bo‘ladi. 5-toifadagi to‘fonning tezligi 250 km/soatni tashkil qiladi, bunday siklon odatda falokatli oqibatlarga olib keladi.