Yapon politsiyasi xodimlari butun mamlakatdagi bankomatlardan 16,8 millionga yaqin mablag‘ning o‘g‘irlanishiga taalluqli jinoiy ishga aloqasi borlikda gumonlanib, yana ikki nafar shaxsni qo‘lga oldi.
NHK telekanali tekshiruv manbalari asosida xabar berishicha, birinchi qo‘lga olingan shaxs bankomatlardan 17,7 ming dollar o‘g‘irlagan. Ikkinchi shaxs esa 4,7 ming dollar.
2016 yilning 15 may kuni 100 kishidan iborat jinoiy guruh soxta kartalar yordamida bir vaqtning o‘zida butun mamlakat bo‘ylab joylashgan bankomatlardan pul o‘g‘irlashgan edi. Ular uch soat ichida Yaponiyaning 16 prefekturasidagi 1400 ta bankomatdan pul yechishning uddasidan chiqishgan.