Aqto‘beda terakt sodir etgan jangarilarning asl maqsadi nima bo‘lgani ma'lum qilindi

Jahon 17:05 / 12.06.2016 20726

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida qurol do‘koni va harbiy qismga hujum uyushtirgan terrorchilar qshlga kiritgan qurollari bilan bir qancha davlat tashkilotlarining ma'muriy binolarini bosib olishni rejalashtirishgan. Bu haqda Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Nurgali Bilisbekov ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish va maxsus guruhlarning o‘z vaqtida olib borgan chora-tadbirlari natijasida ularning bu maqsadlari amalga oshmagan. Antiterror operatsiyalari vaqtida 19 terrorchi yo‘q qilingan va 9 nafari qo‘lga olingan.

“Qo‘lga olinganlar o‘zlarining jinoiy harakatlari haqida ko‘rsatma bermoqda”, dedi Bilisbekov.

Uning aytishicha, jinoyatchilar 23 dona quro o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgan. Ularning bari qaytarib olingan. Shuningdek, ushbu hodisa yuzasidan 25 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: