16 iyunda Orlandodagi otishma qurbonlari xotirasiga bayroqlar tushiriladi

Jahon 23:41 / 12.06.2016 5632

AQSh davlat bayroqlari Orlandodagi otishma qurbonlari xotirasiga tushiriladi, deyilmoqda AQSh prezidenti Barak Obama farmonida.

16 iyunda quyosh botgunicha Oq uy va AQShning barcha jamoatchilik binolari va tashkilotlari, harbiy bazalari, kema va barcha hududlarida bayroqlar tushirib qo‘yiladi.

Orlandodagi tungi klubdagi otishmada 50 kishi halok bo‘ldi, yana 53 kishi yaralandi. Qotil AQSh fuqarosi Omar Matin politsiya tomonidan uch soatlik qarshilikdan keyin shturm vaqtida yo‘q qilindi. Orlandodagi otishma AQSh tarixidagi eng ommaviy qotillik bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: