Britaniyalik jurnalist Yevropa-2016 chempionatining xavfsizlik tizimini sinovdan o‘tkazib, unda qator kamchiliklarni aniqladi, deb yozadi The Sun gazetasi.
Nashr xodimi Ross Kempsell 10 iyun kuni Marseldagi «Velodrom» stadioniga yaqinlashgan. Bu yerda, 11 iyun kuni Angliya va Rossiya termalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. U, hujjat va akkreditatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi ruxsatnomani ko‘rsatmasdan, stadion xodimidan uni ichkariga qo‘yishni iltimos qilgan, xizmatchi unga izn bergan.
Reporter hech qanday to‘siqsiz tribunaga ko‘tarilgan hamda stadionning yangi qurilayotgan kirish qismi hududiga borgan. U bu yerda yarim soatlar bo‘lgan. Uning aytishicha, bu vaqt har qanday bomba yoki portlovchi moslamani o‘rnatishga kifoya qilishi aniq.