«Junglilar kitobi» filmi jahon kinoteatrlarida 900 mln dollardan ortiq mablag‘ to‘plashga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Variety nashri.
Qayd etilishicha, ushbu kartina Disneyning katta mablag‘ to‘play olgan uchinchi mahsulotidir. Bundan avval, «Kapitan Amerika: fuqarolik urushi» va «Hayvonlar shahri» shunday natijaga erishgan edi.
«Junglilar kitobi» AQShda 349,9 mln dollar va xorijda 549,9 mln dollar to‘plagan.
Uning AQShdagi ijarasi boshlanganidan 4 kun o‘tgach, Disney tushumni hisob-kitob qilishini e'lon qildi.
Avvalroq, «Junglilar kitobi» MDHdagi kinoprokatda yetakchilik qilayotgani xabar qilingandi.