Hollivud aktyori Jonni Depp o‘zining The Hollywood Vampires musiqiy guruhi bilan gastrol safaridan qaytgandan so‘ng Bahamadagi oroliga keldi. Bu haqida People nashri xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, u bir necha kun o‘z orolida qolishni rejalashtirmoqda.
Gastrol safarlarida aktyor boshiga tushgan qiyinchiliklarni yengishga harakat qildi - bir tomondan onasi vafot etgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan turmush o‘rtog‘i aktrisa Ember Hyord u bilan ajrashishga ariza bergan.
Ember Hyord turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklangani haqida shikoyat arizasi yozib, uni Los-Anjyeles politsiyasiga jo‘natgan.
Bundan tashqari, aktrisaning advokatlari uni eriga nisbatan shantaj va manipulyatsiyada ayblagan komik Dag Stenhoupni ham sudga berishdi.