O‘zDJTUda AKT sohasining chet tillarni o‘qitish jarayoni kelajagi ko‘rib chiqildi

Jamiyat 15:06 / 11.06.2016 8993

Qachon mahalliy universitetlarimiz jahon darajasidagi masofaviy o‘qitish tizimiga ega bo‘ladi? Multimediyalashgan sinfxonalarni rivojlantirishda mutaxassislar qanday yutuqlarga erishdi? Yana qanday masalalar rejada turibdi? Nihoyat ta'limni axborotlashtirish bo‘yicha barcha harakatlar va loyihalar qanday amalga oshiriladi? 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan konferensiya xorjiy tillarni o‘qitish sohasi mutaxassislari, oliy ta'lim muassasalarining kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va barcha qiziquvchilar uchun yuqoridagi savollarga javob olishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Respublika innovatsion ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etilgan anjuman davomida xorijiy tillar yo‘nalishining ko‘zga ko‘ringan mutaxassislari natijalarning chuqur tahliliga bag‘ishlangan taqdimot va til o‘rganish jarayonini kompyuterlashtirish masalasidagi ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Innovatsion ilmiy-amaliy markazi eksperti Alisher Abidjanov O‘zbekistonda masofaviy ta'limni kengaytirishning muhim aspektlariga to‘xtalib o‘tgan bo‘lsa, markazning multimediya bo‘limi rahbari Muqaddas Ogay ta'limning barcha bosqichlarida AKT va multimediya vositalarining rolini oshirish bo‘yicha qilingan ishlar haqida ma'ruza qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, onlayn darslar tenglik huquqini ta'minlagan holda uzoq-uzoq hududlardagi o‘quvchilarga ham zarur bilim va ko‘nikmalarni egallashga imkoniyat hozirlaydi.

Shuningdek, bu kabi darslar o‘qituvchilarning nogiron talabalarni masofadan o‘qitishlarida ham qo‘l keladi.

Fotolar muallifi: Madina Nurman

Ko‘proq yangiliklar: