Turkiya harbiy samolyotlari Kurdiston ishchi partiyasining qurollangan otryadlariga havo zarbalari bergan. Diyorbakirda amalga oshirilgan havo hujumi oqibatida 13 kishi qurbon bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi harbiy manbalariga tayangan holda.
Qayd etilishicha, jangovar guruhlar dronlar yordamida aniqlangan. Xabarlarga ko‘ra, turk harbiy havo kuchlari samolyotlari Siirt va Xakkyari provinsiyalaridagi kurd nishonlariga hamda ularning Iroq shimolidagi bazalariga zarba bergan.
Turkiya harbiylarining ma'lumotlariga binoan, 10 iyun kuni Xakkyarida Kurdiston ishchi partiyasi jangovar guruhlari bilan yuz bergan to‘qnashuvda 2 nafar turk askari halok bo‘lib, 4 nafari yaralangan.