23-24 iyun kunlari O‘zbekistonda ShHT davlat rahbarlarining oliy darajadagi sammiti bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan, mamlakat poytaxtida qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘riladi.
Oliy darajadagi xalqaro anjumanlarni o‘tkazish borasida jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, Sammit xavfsizligini ta'minlovchi maxsus xizmatlar, joriy yil 16 iyunidan boshlab, fuqarolar uchun O‘zbekiston poytaxtiga kirish va chiqishni taqiqlashga qaror qilgan, deb xabar qilmoqda nuz.uz sayti.
Respublika IIVdagi manbaga ko‘ra, shaharga kirish barcha turdagi avtomobil va temiryo‘l transporti uchun yopiladi. Bunday choralar, ayrim aviatashuvchilar uchun ham qo‘llaniladi. Toshkentga kirishga joriy qilingan vaqtinchalik taqiqlash davlat rahbarlarining O‘zbekistondan ketishi bilan bekor qilinadi.
Shahar ichidagi barcha jamoat transportlari esa jadvalda belgilangan tartibda harakatini davom ettiradi.