Marsel shahri portida futbol muxlislari ishtirokidagi tartibsizliklar davom etmoqda.
RT muxbiri jarayonni videoga olib, internetga joylashtirdi.
Videotasvirda muxlislarga politsiya tomonidan ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llangan, muxlislar esa shisha idishlar uloqtirishayotgani ko‘rsatilgan.
To‘qnashuvlarda bugun o‘zaro o‘yin o‘tkazadigan Angliya va Rossiya terma jamoasi muxlislari, shuningdek mahalliy jamoa fanatlari ishtirok etmoqda.
Angliya va Rossiya uchrashuvi shahardagi "Velodrom" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Bundan oldin ham, kun bo‘yi muxlislar ishtirokida bir necha bor to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Avvaliga inglizlar barlardan birida mahalliy aholi vakillari bilan janjallashdi. Keyinroq inglizlar rossiyaliklarning avtobusini toshbo‘ron qilishdi. Ikki terma jamoa fanatlari guruhi o‘rtasidagi to‘qnashuv to‘xtatib qolingan.