Janubiy Koreya SsangYong kompaniyasi Rexton modelining yangi avlodi dizayniga oid suratlar Auto Express nashri ixtiyorida paydo bo‘ldi. Uning rasmiy taqdimoti kuz mavsumida Parijda bo‘lib o‘tadi.
Ayni vaqtda, model shartli ravishda Y400 deb nomlangan. Suratlarga ko‘ra, yo‘ltanlamasning tashqi ko‘rinishlari 2013 yili Seul motorshousida taqdim etilgan LIV-1 kontsept karining uslubini takrorlaydi.
Uning priborlar panelida, ikkita analogli siferblatlar yonida TFT-displey paydo bo‘ladi. Markaziy konsoliga multimedia to‘plamining yirik ekrani o‘rnatiladi.
Yangi SsangYong Rexton negizida umuman zinapoya tipidagi yangi platforma yotadi. Keyinchalik, Korando Sports pikapining modeli ham ushbu platforma negizida barpo etiladi. Yangi arxitektura tufayli mashina 50 kg yengillashadi. Bundan tashqari, yo‘l tanlamas, besh va yetti kishilik o‘rindiqlarga ega namunalarda sotuvga chiqariladi.
Uning motorlari qatoriga hozirgi 2,2-litrli, 178 ot kuchiga ega dizel motori kiradi. U, "Mersedes"ning 7 bosqichli avtomat uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydi. Bundan tashqari, yo‘ltanlamas yangi, benzinda yuruvchi 4 silindrli turbo motor bilan ham sotiladi. Bu dvigatel Mercedes-Benzning 8 diapazonli avtomatik uzatmalar qutisi yordamida mashinani harakatga keltiradi.