Sony Interactive Entertainment ning prezidenti va bosh direktori Endryu Xaus kompaniya PlayStation 4 ning yanada kuchli versiyasi ustida ish olib borayotganini tasdiqladi. U mavjud qurilma bilan parallel ravishda sotuvga chiqadi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
Neo deb nomlangan yangi qurilma 4K ni qo‘llab-quvvatlaydi va hozirgi PlayStation 4 ga nisbatan kuchliroq bo‘ladi.
Endryu Xausning so‘zlariga ko‘ra, yangilangan PS4 oldingisiga qaraganda qimmatroq bo‘ladi. U ko‘proq xardkor-geymerlarga va 4K-televizori borlarga ma'qul tushadi.
Bosh direktorning ma'lum qilishicha, ushbu ikkita qurilma yangi avlod qurilmasi ishlab chiqarilgunga qadar, parallel ravishda sotiladi va qo‘llaniladi.