Savchenko: Ukraina hukumati adolatsiz va ishonchni oqlamagan hukumatdir

Jahon 11:36 / 11.06.2016 11421

Ukrainaning sobiq harbiy xizmatchisi, Oliy rada deputati Nadejda Savchenkoning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hukumati tartibsiz bo‘lib, mamlakat fuqarolarining ishonchini oqlay olmagan. U shuningdek, Ukrainada navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tishiga umid qilmoqda. Savchenko Associated Press agentligiga bergan intervyusida shunday fikrlarni bildirgan.

"Hozirgi adolatsiz hukumat qancha ko‘p tursa, u bizni shunchalik jarlikka tortadi, - deya uning so‘zlarini keltiradi agentlik. -"Maydan"dan so‘ng odamlar unga ishongan edi, ular hozirgi hukumatdan katta umid qilishgandi, ammo afsuski, hukumat bu ishonchni oqlamadi". 

Deputat shuningdek, navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lishini bildirgan bo‘lsa-da, uning muddati borasida aniq fikrlarni ilgari surmagan. 

Shu bilan birga, deputat o‘zining prezident bo‘lish imkoniyatini ham inkor etmagan. 

Savchenko Ukraina sharqidagi vaziyatga to‘xtalar ekan, rasmiy Kiyev va Lugansk va Donetsk xalq respublikalari bilan muzokaralar o‘tkazilmasa, Ukraina yerida tinchlik bo‘lmaydi, degan fikrlarni aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: