«Yuventus» jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba «Real» taklifiga javoban shaxsiy shartnoma bo‘yicha qo‘yayotgan shart ma'lum qilindi.
Tribuna.uz cayti Gianlucadimarzio.com saytiga asoslanib xabar berishicha, futbolchining agenti Mino Rayola o‘z mijozi madridliklar klubidan yiliga 12-13 million yevro miqdorida maosh olishini so‘ramoqda. «Real» esa futbolchiga 8-9 million yevro yillik maosh taklif qilgan.
Avvalroq, futbolchiga 5 yillik shartnoma taklif qilingani haqida xabar berilgandi.
Klublar hozircha Pogbaning transferi borasida kelishuvga erishmagan. Madridliklar Pogba uchun 120 million yevrolik taklif bergan, turinliklar esa 120 million yevro va Toni Kroosni so‘ragan.