Tinch okeanining g‘arbiy qismida, Okinavaning sharqiy sohilbo‘yida AQSh, Yaponiya va Hindistonning "Malabar" deb nom olgan birgalikdagi harbiy-dengiz mashg‘ulotlari boshlandi, deb xabar bermoqda Deutshe Welle.
Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlar Sharqiy-Xitoy dengizidagi bahsli orollar guruhi yaqinida o‘tmoqda.
1992 yildan "Malabar" mashg‘ulotlari AQSh va Hindiston o‘rtasida birgalikda o‘tgan, Yaponiya esa ularga 2015 yildan qo‘shilgan.
Senkaku (Dyaoyuydao) kimsasiz oroli Yaponiya tomonidan nazorat qilinadi, unga egalik qilish huquqiga Xitoy Respublikasi (Tayvan) va Xitoy ham bahslashib keladi.