«Lester» jamoasi hujumchisi Jyeymi Vardi «Arsenal»ga o‘tishdan bosh tortgan. Bu haqda Talkspor manbasiga asoslanib, Tribuna.uz xabar tarqatdi.
«Men «Arsenal» vakillari bilan gaplashdim, turli mish-mishlar yuribdi, ko‘rinishidan Vardi shartnoma tuzish arafasigacha yetib kelgan. U tibbiy ko‘rikdan ham o‘tgan, ammo oxir-oqibat shartnoma tuzishdan bosh tortgan», — deydi portalning vaziyatga yaqin manbasi.
Bundan oldinroq, jamoadoshlari Vardini Lesterda qolishga undagani haqida xabar berilgandi.