Arxeologlar Kamboja junglilarida Angkor-Vat ibodatxona majmuasi yonida avval zamonaviy tadqiqotchilarga ma'lum bo‘lmagan qadimiy shaharlar tarmog‘ini aniqladilar, deb yozmoqda The Guardian.
Olimlar qalin junglilar orasidan havodan lazer skanerlash zamonaviy texnologiyasi yordamida yo‘qolgan shaharlarni aniqlay oldilar. Ta'kidlanishicha, topilgan shaharlar yoshi 900 yildan 1400 yilgachani tashkil qilishi mumkin. Ma'lum qilinishicha, shaharlardan ba'zilari Kamboja poytaxti Pnompen o‘lchamiga yaqin.
Angkor-Vat ibodatxonasi dunyodagi yirik qadimiy inshootlardan hisoblanib, 12-asrning birinchi yarmida yaratilgan. Taxminlarcha, uning atrofini o‘rab olgan shaharlar o‘sha davrda sayyoramizdagi eng yirik imperiyani tashkil qilgan bo‘lishi mumkin.