Germaniya tashqi ishlar vazirligi turk ildizlariga turk ega deputatlarni yaqin orada Turkiyaga bormaslikka chaqirdi, deb xabar bermoqda Spiegel Online.
Ta'kidlanishicha, bir qator deputatlar Turkiyaga borishdan bosh tortganlar, ulardan biri hattoki Turkiyada dala hovlida turgan ota-onasini u yerdan ketishlarini so‘ragan.
2 iyunda bundestag Usmon imperiyasida armanlarning ommaviy o‘ldirilishi genotsid deb tan olingan rezolyutsiyani qabul qildi.
Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel bundestag rahbarini Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni tanqid qilgandan keyin olqishlab, unga qarsak chalgani ma'lum qilingandi.