OAV: Apple yangi turdagi iPhone’lar uchun Intel chiplarini qo‘llaydi

Fan-texnika 13:55 / 11.06.2016 4409

Amerikaning Apple korporatsiyasi o‘z yetkazib beruvchilari bazasini diversifikatsiya qiladi va yangi turdagi iPhone’lar uchun Intel va Qualcomm chiplarini birga qo‘llaydi. Bu haqda “Blumberg” agentligi xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, Intel chiplari Amerikaning AT&T Inc. Telekommunikatsiya kompaniyasi va xorijiy ayrim tarmoqlarda ishlovchi iPhone smartfonlarida qo‘llaniladi. Amerikaning Verizon Communications Inc. Korporatsiyasi tarmog‘ida ishlovchi iPhone smartfonlarida esa Qualcomm chiplari qo‘llaniladi.

Agentlikning aytishicha, Qualcomm uchun ayni damda eng muhim narsa Xitoy bozoriga chiqarilayotgan iPhone smartfonlarida ham uning chiplaridan foydalanilayotgani bo‘lmoqda. Shu sabab, so‘nggi paytlarda moliyaviy ko‘rsatkichlari pasayib ketgan Intel uchun Apple bilan hamkorlikda ishlash haqiqiy g‘alaba bo‘ldi.    
.

Ko‘proq yangiliklar: