AQShlik milliarder va sarmoyachi Uorren Baffet bilan xayriya lanchini o‘tkazish internet-auksionda 3,5 mln dollarga sotildi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal.
Ta'kidlanishicha, xaridor tadbirkorning muxlisi bo‘lib, u noma'lum bo‘lib qolishni istagan.
O‘tgan yili Baffet bilan lanch Xitoyning Da Lian Zeus Entertainment Company kompaniyasiga 2,3 mln dollarga sotilgandi.