Londonda baland binoda portlashlardan keyin yong‘in boshlandi

Jahon 23:10 / 11.06.2016 11337

Londonning Brikston tumanidagi 16 qavatli turar joy binolaridan birida yong‘in chiqdi, deb xabar bermoqda Evening Standard.

Guvohlarning aytishicha, bir nechta ovozi baland bo‘lmagan portlashlar sodir bo‘lgandan keyin uy oynalaridan tutun chiqa boshlagan.

Voqea joyida 10 ta o‘t o‘chirish mashinasi va o‘t o‘chirish-qutqarish brigadalarining 70 nafar xodimi ish olib borgan. Jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: