Lenovo'dan moslashuvchan smartfon va yig‘iluvchi planshet

Fan-texnika 17:13 / 11.06.2016 5988

Bu yil turli ishlab chiqaruvchilardan moslashuvchan displeylar va yig‘iluvchi mahsulotlar taqdimotiga boy bo‘ldi. 

Endi Xitoyning Lenovo kompaniyasi ham San-Frantsiskodagi Tech World 2016 konferensiyasida o‘zining to‘liq buklanuvchi  qurilmalari - smartfon va planshetini namoyish qildi. 

Noodatiy uzun smartfonni qo‘lga bilakuzuk shaklida kiyib olsa ham bo‘ladi, 10 dyuymli planshetni esa ekranini tashqariga qilib taxlash mumkin. Tadbirda ko‘rsatilgan smartfon namunasi qo‘ng‘iroqni amalga oshirishga qodir. Ikki qurilma ham to‘liq funksionaldir. Namoyish chog‘ida ularning har qanday ko‘rinishda ishlay olishi isbotlandi.

Kompaniya vakillarining xabar berishicha, ular to‘liq qayriluvchi va moslashuvchi qismlar - displey, akkumulyator va boshqa ehtiyot qismlariga ega qurilmalar yaratishdi. 

Biroq hozirgi vaqtda qayriluvchi gadjyetlarning bir necha marta buklangandan keyin ishdan chiqishi tufayli ularni seriyali ishlab chiqarishning imkoni yo‘q. Bugungi kundagi muhandislarning vazifasi - qurilmalarni 70 ming marta qayirganda ishdan chiqmaslik darajasiga olib chiqish. Buning uchun qancha vaqt ketishiga aniqlik kiritilmadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: