Islandiya aholisining 8 foizlik qismi Yevropa chempionati o‘yinlarini tomosha qilish uchun Fransiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Iceland Monitor nashriga asoslanib, tribuna.uz sayti xabar tarqatgan.
Yevropa chempionati o‘yinlarini tomosh qilish uchun 26985 nafar islandiyalik yo‘l olgan. Turli baholarga ko‘ra, ular turnir vaqtida umumiy hisobda 36-43 mln yevro sarflashadi.
Qayd etish kerakki, Islandiya terma jamoasi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, tarixda ilk marta Yevropa chempionati final bosqichiga chiqdi.
Fransiyadagi turnir 10 iyun kuni boshlandi va 10 iyulgacha davom etadi. Islandiyaliklar terma jamoasi guruh bosqichida Portugaliya, Avstriya va Vengriya terma jamoalari bilan bahs olib boradi.